Har bir fuqaro o‘z murojaatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshlig‘iga murojaat yuborish orqali amalga oshirishi mumkin.

10 dekabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbarining virtual qabulxonasi ishga tushdi. Bu haqda agentlik rasmiy sayti www.migration.uzda xabar qilingan.

Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshlig‘iga murojaat yuborish orqali amalga oshirishingiz mumkin. Yoki O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshlig‘iga ariza, taklif va shikoyatlarni 0 (371) 214-30-76, 0 (371) 214-54-36 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda yuborish mumkin", — deyiladi xabarda. Virtual qabulxonaga murojaatlarni o‘zbek va rus tillarida yo‘llash mumkin. Shuningdek, sahifalar lotin va kirill alifbosida ishlamoqda.

www.sputniknews-uz.com