O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha xarakatlar strategiyasi to'g'risidagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining 4.1-bandidagi, Aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirish tamoyilini ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi qonun talablarini hamda 2017 yil aholi bandligi dasturi parametlarini bajarish hamda ishsiz fuqarolarni, yoshlarni kasb-xunar kollej bitiruvchilar,  muqaddam sudlanganlar, aliment to'lovchilar, moddiy ta'minot manbasiga ega bo'lmagan fuqarolarni, ishsiz yoshlarni jalb qilish hamda imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarolarning uyida kasanachilik bilan shug'ullanishini tashkil etish borasida ishlar olib borish, ish bilan ta'minlash maqsadida tuman xokimligi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo'limi, Bandlikka ko'maklashish markazi hamda boshqa mutasaddi idoralari bilan hamkorlikda Shayxontoxur tumanida joylashgan «JAR» sport-sog'lomlashtirish kompleksi binosida “Bo'sh ish o'rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

Ushbu yarmarkada tumandagi 51 ta MFY lari hamda tumandagi 40 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.

Shuningdek, Toshkent shaxridagi tijorat banklarining 17 dan ziyod filiallari o'zlarining tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun tayyorlangan sodda va qulay biznes rejalari hamda imtiyozli kredit paketlari bilan qatnashishdi.

Tadbirda qatnashayotgan tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olish uchun, tijorat imtiyozli kreditlar olish masalalarida barcha batafsil ma'lumotlarni olish uchun, imkoniyatlar yaratib berildi.

Bulardan tashqari, mehnat yarmarkada vakant ish o'rinlariga ega korxona, tashkilot va muassasalar o'z faoliyati haqida batafsil ma'lumot beruvchi ko'rgazmali stendlari, tarqatma materiallarini ishtirokchilarga tarqatishdi. Yarmarkada tashrif buyurgan yoshlar, ish bilan band bo'lmagan aholi Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani Bandlikka ko'maklashish markazi, mutaxassislar fuqarolarning ish bilan ta'minlanishi mehnat huquq va muhofazasiga oid amaldagi qonunchilik yuzasidan fuqarolarning qiziqtirgan savollarga ma'lumot burchagi orqali batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Yarmarkada natijalariga ko'ra, tadbirda jami 361 nafardan ortiq fuqarolar (41 nafari IIB da hisobda turgan muqaddam sudlanib chiqqanlar) ishtirok etishib, tuman Bandlikka ko'maklashish markaz tomonidan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida 253 ta yo'llanmalar va 108 ta tushuntirish va maslahatlar berildi.

Ayni vaqtda yo'llanma berilgan ishsiz fuqarolar bilan mehnat shartnomasini belgilangan tartibda imzolash va ishga joylashtirish yo'nalishiga ishlar davom ettirilmoqda.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati