Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Faoliyat yo‘nalishlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 
vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;

            aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;

kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan grant va subsidiyalar berilishini tashkil qilish;

ishsizlarni kasbga o‘qitish markazlari bilan hamkorlik qilish;

majburiy mehnatning har qanday turi bilan kurashish;

ishsizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish;

o‘z-o‘zini band qilishning maqbul shakllarini fuqarolarga keng tushuntirish va imtiyozli mikrokredit olishlari uchun tavsiyalar berish;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.

Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyatining qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, band bo‘lmagan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

ishga joylashtirish, o‘qitish va malakani baholash xizmatlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq to‘lash bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

kovorking-markazlarni tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini o‘tkazadi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;

operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita o‘zi tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.