Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari E.Muxitdinov rahbarligida videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

error

2022-12-02


Yig'ilishda:

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziya asosida faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish to'g'risida;

2. Ishsizlarni "Ishga marhamat" monomarkaziga yapon tiliga oʻqitish va ularning bandligini ta'minlash;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-yanvardagi PQ-4962-sonli qarori ijrosi yuzasidan qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarni

tayyorlash markaziga ishsiz fuqarolarni o'qishga jalb qilish to'g'risida;

4. Toʻqimachilik korxonalariga ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish;

5. Muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan fuqarolarni va tibbiyot muassasalarini bitiruvchi kurslari talabalari bandligini taʼminlash;

6. Vazirlik faoliyatiga aloqador boshqa masalalar,

Respublika studiyasida: Vazirlik markaziy apparatining tegishli departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda Toshkent shahridagi "Ishga

marhamat" monomarkazi direktori; Viloyat studiyalarida: Qoraqolpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi

boshliqlari va tegishli o'rinbosarlari, ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash sho'basi, kasbga qayta oʻqitishni tashkil etish sho'basi

mudirlari, hududiy “Ishga marhamat" monomarkazlari direktorlari bilan Kun tartibidagi masalalar bo’yicha muloqot bo’lib o’tdi.