Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-26
Vazir Nozim Xusanov Germaniyaning Erfurt ta’lim markazi bosh direktori Frank Belkner bilan onlayn muzokara o‘tkazdi. Unda vazirlik tizimidagi monomorkazlar va kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Nozim Xusanov- "Biz bilamizki, Germaniyaning Erfurt o‘quv markazi uzoq yillik tajribaga ega bo‘lib, bir qator nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Bugun sizlar bilan muzokaralar davomida men O‘zbekistondagi ishsiz aholini 75 xildan ortiq kasb-hunarga o‘qitayotgan markazlarimiz haqida dastlabki tushunchani bermoqchiman. O‘ylaymanki bizning o‘qitish usulimiz ham sizlar uchun qiziqarli bo‘ladi".
Eslatma: Shu yilning sentyabr oyida Erfurt ta’lim markazi bilan Germaniya standartlari bo‘yicha kasbga o‘qitish markazini ochishga doir hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing