Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-11
Xususan, 2024 yil 11 iyun kuni Nukus garnizoni ma'nviyat va ma'rifat markazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirilib, tadbirda jami 7 ta tumandan 430 dan ziyod korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Nukus harbiy prokurori U.Abdiraximov va Shimoli-g'arbiy harbiy okrug qo‘shinlvri qo‘mondoni general-mayor F.Shermatov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mudofaa ishlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi kambag'alikni qisqartirish va bandlik vazirligi, yoshlar ishlari agentligi xodimlari, tadbirkorlar ham ishtirok etishib, yoshlar bilan ularning qiziqishlari va bandligi bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maksad muddatli xarbiy xizmatdan kaytgan va otaliqqa olingan yoshlarni ish bilan ta'minlash bo‘lib, yakunda 3 nafar yoshlarga Milliy gvardiyaga kontrakt asosida harbiy xizmatga, 18 nafar yoshlarga Monomarkazga o‘qish bo‘yicha yo‘llanma va 16 nafariga "Enter injiniring" korxonasiga ishlash uchun yo‘llanmalar berildi.
Tadbir so‘ngida otaliqqa olingan Qoraqalpog'iston Davlat universiteti va Nukus Davlat pedagogika institutining Nukus shahar "Qum ovul" MFYda yashovchi talabalari yoshlariga Nukus garnizoni harbiy muzeyiga sayoxat uyushtirildi.