Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-01
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 1941-yilda qatag‘onga uchragan Jumabay Qurbanovning nabirasi — Dilfruz Qurbanovaning holidan xabar oldi.
Uchrashuv davomida vazirlik vakillari Dilfruz opa bilan suhbatlashib, buyuk ajdodining yurt oldidagi xizmatlari, fidoyiligi va jasorati haqida eslab o‘tishdi. Shu bilan birga, Qurbanovlar oilasiga ehtirom bildirib, ular bilan doimiy aloqada bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv o‘tgan tarixni unutmaslik, milliy xotira va qadriyatlarni e’zozlash yo‘lidagi ezgu tashabbusning bir qismi bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing