Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2022-11-26

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Таўық бурын пайда болғанба яки мәйекпе?" sarlavhali xabar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 60-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 2022 yil 

13 avgustdagi № 43-13-0-Q/22 qaroriga asosan 2022 yil 23 sentyabr kuni 

№ 313-13195Q/22- sonli Nukus shaxar xokimligining qaroriga asosan ustav qabul qilinib, yangidan ochilgan.

Shuningdek, 60-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti shtat jadvali 

2022-yil 12-noyabrda Nukus shahar Moliya bo‘limi tomonidan tasdiqlangan.

Shunga asosan 60-sonli MTT tomonidan Nukus shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlar to‘g‘risida xisobot topshirgan. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ish so‘rab ro‘yhatda turgan 4 nafar fuqaroga yo‘llanma berilgan. Yo‘llanma berilgan fuqarolarga tanlov o‘tkazish vaqtida ish so‘rab ro‘yhatda turgan Nukus shahar “Jang bazar” MFY hududida yashovchi ishsiz fuqarolar ham tanlovda qatnashish maqsadida 60-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasida Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.

Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar.

Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin deb belgilanganidan.