Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik Memorandumi tuzildi.

error

2022-12-05

1-modda.

Hamkorlik maqsadi

 

Ushbu Memorandumning maqsadi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalarni kelishgan holda amalga oshirish, o‘zlarining vakolatlari doirasida manfaatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni tashkil etishdan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari va 18 yoshga etgan farzandlarini kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida xodimlar, pensionerlar va ularning oila a’zolarini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarda, kasb-hunarga o‘qitish markazi, professional ta’lim muassasalarida va usta-shogird usulida o‘qitishni tashkil etish.

Tomonlar manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zaro rozilik asosida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni amalga oshirishi mumkin.

 

2-modda.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari

 

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni quyidagi asosiy yo‘nalishlarda, ya’ni xizmat ko‘rsatish va servis sohalar (oshpaz, qandolatchi, ofisiant, neyl-stilist, tikuvchilik, kosmetolog, ayollar va erkaklar sartaroshi, uqalovchi, yosh bolalar uchun enaga va tarbiyachi yordamchisi)da;

texnik (yuk ko‘tarish krani mashinisti, maishiy texnikalarni ta’mirlash ustasi, chilangar-santexnika ustasi, elektrik, frezerchi, tokarlik, payvandchi ishlari ustasi) yo‘nalishlari;

umumqurilish (gips kartonga ishlov berish ustasi, g‘isht teruvchi, alyuminiy va plastik profillarga ishlov berish ustasi, suvoqchi, bo‘yoqchi) sohalarida hududiy mehnat organlari yo‘llanmasi asosida bepul;

xorijiy tillarni o‘qitish (ingliz, rus, xitoy, koreys tili) kurslari, raqamli texnologiyalar kurslari (kompyuter savodxonligi, veb-dasturlash tillari), tadbirkorlik asoslari hamda boshqa mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha esa pulli xizmat ko‘rsatish orqali o‘quv kurslarini tashkil etish.

 

3-modda.

 

Tomonlarning vazifalari

Tomonlar memorandum doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

Ichki ishlar vazirligi:

Ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqgan pensionerlar, ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari, farzandlari hamda oila a’zolari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borib targ‘ibot ishlarini tashkil etish;

Monomarkaz tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar va uqish turlari ularning muddatlari to‘lov miqdori va shakllari bilan tanishtirish;

Ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlarini monomarkaz faoliyati hamda ular tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar bilan to‘liq tanishtirish uchun tashriflarni tashkil etish.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

xizmat ko‘rsatish va servis sohalarda xizmatlarni shuningdek o‘qitish usullari va uslublari bilan bevosita tanishtirish, texnik yo‘nalishlar hamda umumqurilish sohalarida (hududiy mehnat organlari yo‘llanmasi asosida bepul) o‘qishni tashkillashtirish;

xorijiy tillarni o‘qitish, raqamli texnologiyalar kurslari, tadbirkorlik asoslari hamda boshqa mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish orqali o‘quv kurslarini tashkil etish.

 

4-modda.

Hamkorlikning amalga oshirilishi

 

Tomonlar mazkur Memorandum doirasida o‘zaro axborot almashadilar hamda o‘zaro manfaatlar yo‘lida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish yuzasidan uchrashuvlar va zarur kelishuvlarni o‘tkazadilar.

Mazkur memorandumda belgilangan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari doirasidagi vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida, Tomonlar zaruratga ko‘ra, qo‘shma reja hamda chora-tadbirlar dasturlari hamda boshqa tegishli hujjatlar qabul qiladilar va ularning izchil amalga oshirilishini ta’minlaydilar.

Hamkorlikni samarali amalga oshirish maqsadida Tomonlar:

o‘z vakillaridan iborat ishchi guruhlarini tuzish;

boshqa vazirlik va organlar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini jalb qilish va zarur hujjatlarni taqdim etish;

Memorandum maqsadlaridan kelib chiqib, kelishuvga ko‘ra qonunchilik hujjatlariga muvofiq hamkorlikning boshqa shakllaridan ham foydalanishi mumkin.

5-modda.

Moliyalashtirish mexanizmlari

 

Tomonlar ushbu Memorandumda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘z mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradilar.

Ichki ishlar organlari pensionerlarini kasb-hunarga o‘qitish ishlari, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish, kasb hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tomonlarning kelishuviga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradilar.

 

6-modda.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda maxfiylik tartibi

 

Har bir Tomon ushbu Memorandumga yoxud uning bir qismiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishni ikkinchi Tomon roziligini olishi shart.

Tomonlar o‘zaro kelishgan har qanday o‘zgartirish
va qo‘shimchalar yozma ravishda ushbu Memorandumning ajralmas qismi hisoblanadigan va Tomonlar belgilagan kundan boshlab kuchga kiradigan qo‘shimcha kelishuv shaklida rasmiylashtiriladi.

Har qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar, ular kuchga kirguniga qadar, ushbu Memorandumdan kelib chiqadigan hamkorlik yo‘nalishlariga ta’sir etmasligi lozim.

Tomonlar taqdim etilgan va mavjud ma’lumotlarni oshkor etmaydi va ushbu hujjatlarni uchinchi tomonga taqdim etmaydi.

 

7-modda.

Kuchga kirish, amal qilish va o‘z kuchini yo‘qotish

 

Memorandum Tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.

Memorandum 2023 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.

Basharti Tomonlardan biri memorandum amal qilish muddatini tugatishi bo‘yicha ikkinchi tomonning arizasini olgan kundan boshlab bir oy o‘tgach o‘z kuchini yo‘qotadi.