Yangiliklar
Yangiliklar
2023-01-17
"Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shaman" shiori ostida Aholi bandligiga
koʻmaklashish markazlari tomonidan Nukus shahar Harbiy Garnizonida Vatan
himoyachilari bayrami munosabati bilan 1 marotaba "Bo'sh ish o'rinlari mehnat
yarmarkasi" o'tkazildi. Ushbu yarmarkalarga 111 ta korxona va tashkilotlar
oʻzlaridagi 218 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkalarda jami 50 nafar Mudofaa ishlari boshqarmasida xizmat qiluvchi
harbiylarni ishsiz oila a'zolari va harbiy xizmatni o'tab nafaqadagi ishsiz fuqarolar
ishtiroki ta'minlanib, qatnashganlarning 24 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 14.
nafari kasb-hunarga o'qishga, 5 nafari haq to'lanadigan jamoat ishlariga
yo'naltirildi, 7 nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
Shu bilan birga Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi xodimlari bilan birgalikda
respublikaning tadbirkor ayollari ishtirokida xotin-qizlar va harbiylarning oilalariga
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga ko'maklashish
maqsadida muntazam seminarlar o'tkazib kelinmoqda.