Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-27
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 154 korxona va tashkilot jami 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Mehnat yarmarkasiga shahar va tumanlardagi mahallalardan 480 ga yaqin fuqaro jalb qilindi. Tadbir natijasi bo‘yicha 120 fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, ulardan 30 nafari doimiy ishga joylashtirildi. Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan 16 nafar fuqaroga kasbga tayyorlash kurslari uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 4 nafar yoshning o‘zini o‘zi band qilishiga yo‘naltirilgan subsidiya ajratiladigan bo‘ldi.
Ishtirokchilarga mehnat munosabatlari bo‘yicha huquqiy maslahatlar ham berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing