Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-02
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri O.Kazakbayev, tuman hokimi B.Ubbiniyazov, tuman hududidagi tadbirkorlik subyektlari va mahalla yettiligi ishtirok etdi.

Uchrashuvda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida chiqarilayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, unda berilayotgan imkoniyatlar, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-takliflari va muammolari atroflicha o‘rganildi.

Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing