Yangiliklar
Yangiliklar
2026-04-23
Oilaviy tadbirkorlik va kreditlar:
Joriy yil boshidan buyon tadbirkorlik istagida bo‘lgan 14 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada mahallada chorvachilik, parrandachilik va tikuvchilik kabi yangi yo‘nalishlar ish boshladi. Xususan, Muhabbat Taneshova 20 mln so‘m kredit evaziga tikuvchilik sexi ochib, yangi ish o‘rni yaratgan bo‘lsa, Sardor Butanov 100 mln so‘mlik kredit asosida zamonaviy avtoyuvish shoxobchasini barpo etdi. Umuman olganda, 2026-yilning birinchi choragida 3 ta yangi xizmat ko‘rsatish va savdo subyekti tashkil qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik:
Mahalladagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan 78 ta oilaning turmush sharoiti o‘rganilib, ular uchun maxsus «Individual dastur» ishlab chiqildi. Amaliy chora-tadbirlar natijasida 11 nafar ishsiz fuqaro doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirildi. Hozirning o‘zida kambag‘al oilalardan 3 kishi doimiy ish topdi, 7 nafari o‘zini o‘zi band qildi, 4 kishiga esa kreditlar berilib, ularning reyestrdan chiqarilishi ta’minlanmoqda.