Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Media-tur:

error

2025-04-18

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 16-aprel kuni Amudaryo tumanida o‘tkazilgan Media-tur – bu nafaqat mahalliy tadbirkorlikning bugungi kundagi rivojlanish holati, balki uning kelajagi haqida ham chuqur mulohaza yuritishga undaydigan tadbir bo‘ldi.

  Media-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tuman bo‘ylab yangi faoliyat boshlagan bir qator ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurishdi. Har bir tashrif – bu yangi ochilgan imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari va eng muhimi, mahalliy aholi hayotini yaxshilashga bo‘lgan chin dildan intilishdir.

 Tadbirkorlarning aytishicha, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda davlat tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak, xususan, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar katta yordam bo‘lgan. Bugun ular o‘zlari yaratgan ish o‘rinlari orqali boshqa fuqarolarga ham yangi umid, yangi imkoniyatlar bag‘ishlamoqda.

Media-tur doirasida yana bir diqqatga sazovor jihat – bu namunali tomorqa egalarining tajribasi bilan tanishuv bo‘ldi. Tumanda ko‘plab oilalar o‘z tomorqalarini oqilona yo‘lga qo‘yib, issiqxona, ko‘chat parvarishi, sabzavotchilik va hatto parrandachilikni muvaffaqiyatli tashkil etgan. Bu esa nafaqat oilaviy daromad manbai, balki qishloq joylarda barqaror bandlikni ta’minlashning ajoyib namunasi sifatida baholandi.
Amudaryoda kuzatilgan bu ijobiy o‘zgarishlar – bu hududda tadbirkorlik muhitining jonlanayotganidan dalolat. Davlat va fuqarolarning bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilayotgani esa ijobiy natijalarni yaqin kelajakda yanada ko‘payishiga asos bo‘ladi.
Media-tur yakunida jurnalistlar tomonidan ko‘rilgan obyektlar va u yerdagi faoliyat ijobiy baholanib, bunday tashabbuslar butun respublika bo‘ylab keng yoyilishi lozimligi ta’kidlandi.