Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot — amaliy natijaga xizmat qiladi

error

2025-04-21

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Q.Azerbaev Nukus shahridagi "Jipek jolı" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘ziga biriktirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kasb-hunar o‘rganish, bandlik masalalari yuzasidan atroflicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, turli taklif va tashabbuslarini bildirishdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning qiziqish va istaklarini inobatga olgan holda ularni qo‘llab-quvvatlash, hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishdan iborat.

Ayni vaqtda 2 nafar yoshni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish jarayoni boshlab yuborilgan.