Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

error

2025-04-28

Bugun Kegeyli tumani "Júzimbaǵ‘"ovul fuqarolar yig‘inida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadini oshirish va oilaviy bandlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari N.Erlepesov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Q. Azerbaev O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Turmanov, tuman hokimi A.Kamalov va tumandagi mahalla faollari ishtirok etdi.



Seminar hududdagi faol fuqarolardan biri — D.Ibatov xonadonida tashkil etildi. U o‘zining tajribasi orqali ishtirokchilarga tomorqadan oqilona foydalanish natijasida qanday qilib barqaror daromad va doimiy bandlikni yaratish mumkinligini amaliy misolda namoyish etdi.

Seminarda tomorqadan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: Bunday tashabbuslar aholining turmush darajasini oshirish, qishloq hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.