Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida u hududda ish o‘rinlarini yaratish, aholini band qilish, kambag‘allikni qisqartirish va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

error

2025-05-14

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida u hududda ish o‘rinlarini yaratish, aholini band qilish, kambag‘allikni qisqartirish va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

  Safar Taxtako‘pir tumanidan boshlandi. Vazir tumandagi "O‘zbekiston" mahallasida joylashgan Sayxunobod tajribasi asosida faoliyat yuritayotgan B.Usaqovning xonadonida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu xonadonlarida aholi daromadini oshirish va tomorqalardan unumli foydalanish bo‘yicha innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tumandagi hokim yordamchilarining tatbiq qilgan loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi.

  Shundan so‘ng, Botir Zohidov "Dawqara" mahallasidagi "Qaratereń" ekoturistik kompleksi bo‘yida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Bu hududda ekologik muvozanatni saqlash, mahalliy turizmni rivojlantirish va aholini band qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot oldi.

Tashrif davomida tomorqadan unumli foydalanayotgan, oilaviy daromadlarini oshirishda faol ishtirok etayotgan tomorqa egalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ular o‘z tajribalarini bo‘lishdi, mavjud muammolar va yechimlar haqida fikr almashildi. Vazirning bu uchrashuvlari odamlarning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini oshirish, o‘z mehnatidan ko‘proq daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

  Botir Zohidov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, mahalliy tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Keyingi manzil Сhimboy tumani bo‘ldi.