Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri birinchi o‘rinbosari A. Qayratdinov Nukus shahridagi hokim yordamchilari va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

error

2025-05-15

  Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Ixtisoslashuvni kengaytirish va yetakchi tadbirkorlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i F.Abdullazov va Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Artikovlar ishtirok etib, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar muhokama qilindi va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan hokim yordamchilariga tegishli topshiriqlar berildi.


  Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sarmoyalarni jalb qilish, soliq imtiyozlari taqdim etish va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.