Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

error

2025-06-05

Uchrashuvda talabalarga mehnat qonunchiligi haqida tushunchalar berish, mehnat bozorida mos vakansiyalarni izlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ishga joylashish uchun hujjatlarni tayyorlash va ish beruvchilar bilan suhbatlashish usullarini o‘rgatish, ish beruvchilar uchun institutda tayyorlanayotgan kadrlar salohiyatini tanishtirish, o‘qiyotgan va bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, bitiruvchi yoshlarning mamlakatimiz ilm-fani, ta’limi, iqtisodiyot va ishlab chiqarish tarmoqlarida, tadbirkorlik sohalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish ustuvor maqsadlarimizdan biri ekanligi ta’kidlandi.

      Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassisi Salamat Erimbetov, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Polatbek Kalxanovlar mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning qo‘shimcha kasb-hunar sirlarini o‘rganishi, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berdi.


Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yilida Nukus davlat pedagogika institutida bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 ming 100, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 ming 181 talaba, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 144 magistrant bitirib chiqishi kutilmoqda.